
Suhrob Iskandarov
Sifat menejmenti tizimi bo’yicha yetkachi mutaxassis
Suhrob Iskandarov SQA Group sertifikatlashtirish organining sifat menejmenti tizimi uchun mas’ul: uni ishlab chiqadi, joriy etadi va qo’llab-quvvatlaydi. Mutaxassisimiz sifat bo’yicha hujjatlarni (tartiblar, yo’riqnomalar, hisobotlar) tayyorlaydi va dolzarb holatda saqlaydi, qonunchilik va normativ hujjatlardagi o’zgarishlarni kuzatib boradi. U ichki auditlarni o’tkazadi, sertifikatlashtirish ishlari sifati ko’rsatkichlarini tahlil qiladi va jarayonlarni takomillashtirish choralarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, akkreditatsiya tashkilotlari vakillari va tashqi auditorlar bilan hamkorlik qiladi hamda xodimlarni sifat menejmenti tamoyillariga o’qitadi. Mijoz uchun bu mahsulot puxta ishlab chiqilgan tartiblar va dolzarb talablar asosida baholanishini, berilgan hujjatlar esa qonuniy kuchga ega bo’lishini anglatadi.